Xush kelibsiz!

Ushbu saytda bir guruh ko'ngillilar tomonidan ommaga taqdim etilgan ijtimoiy loyihalar jamlangan. Insonlarga yordam tariqasida ta'sis etilgan bu loyihalar o'zbek interneti rivojiga, o'zbek yoshlarining bilim doirasi va dunyoqarashi kengayishiga, o'z ilmiy va ijodiy faoliyati bilan ko'pchilikka naf keltiradigan shaxslarni shakllantirishga oz bo'lsa-da hissa qo'shadi degan umiddamiz.

Loyihalar


O'zbek tili imlo lug'ati

O'zbek tili imlo lug'ati

Ushbu loyiha o'zbek tili imlo qoidalariga amal qilinishida internet foydalanuvchilariga yordam berish uchun, savodxonlikni targ'ib qilish uchun yaratilgan. Saytda siz lotin alifbosidagi matnni imlo xatolariga tekshirishingiz va matnni kirill va lotin yozuvlariga o'girishingiz mumkin.

imlo.insof.uz

Shuningdek, imlo lug'atining arab yozuviga asoslangan o'zbek tili uchun varianti ham ishlab chiqilgan.

arabic.insof.uz


Geopolitika haqida blog

Geopolitika haqida blog

Geopolitika.uz blogi har qanday siyosiy va diniy qarashlardan holi bo'lgan mustaqil nashrdir. Blogda dunyoda yuz berayotgan geopolitik jarayonlarga holis va betaraf baho beruvchi maqolalar e'lon qilib boriladi. Ushbu maqolalar mazmuniga ko'ra ilmiy-pedagogik yo'nalishda bo'lib, o'zbek yoshlarining siyosiy ongini o'stirish hamda jahonda yuz berayotgan geopolitik voqea va hodisalarga to'g'ri baho bergan holda yondashishga yordam berishni ko'zlagan.

Shuningdek blog O'zbekistonda geopolitikani fan sifatida targ'ib qilishni va geopolitikaga qiziquvchilar uchun muhokama manbaini yaratishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.

geopolitika.uz


Orbita.Uz

Ilm-fanga bag‘ishlangan blog

Orbita.uz sayti o‘zbek internet olami foydalanuvchilari uchun Ilm-fan, texnika va texnologiyalar, aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha on-line ma’lumotlar bazasini taqdim etish, fan-texnikaning yangi yutuqlari, ixtiro va kashfiyotlar bilan tanishtirib borish, fan-texnika sohasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, umrini ilm taraqqiyoti uchun bag‘ishlagan buyuk olimlar hayoti va faoliyati haqida ma’lumotlar berish, fan-texnika texnologiyalarga oid maqolalar, kitoblar va mediamateriallar berib borishni maqsad qilgan.

orbita.uz


Ilmiy izohli lug'at

Ilmiy izohli lug'at

Ushbu saytda fizikia, matematika, kimyo, biologiya va boshqa ilm-fan sohalariga tegishli ilmiy atamalarning o'zbek, rus va ingliz tilidagi izohlarini topishingiz mumkin. Ilm-fanga qiziqqanlar uchun bebaho manba.

ilmiy-lugat.uz


Iqtisodiy blog

Iqtisodiy blog

Iqtisod blogi o'zbek ommasining iqtisodiy tushunchasini kengaytirish, mas'uliyatli iste'molni targ'ib qilish, iqtisodiy bilimlarni keng ommaga sodda tilda yetkazishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Undagi maqolalar oddiy iste'molchilar qanday xatti-harakatlari bilan milliy iqtisod ravnaqiga hissa qo'shishlari mumkinligi haqida bayon qiladi.

Blog ochiq nashr bo'lib, unda iqtisod faniga qiziqqan va shu sohada omma uchun qiziq ma'lumotlarga ega har qanday odam o'z maqolalarini e'lon qilishi mumkin.

iqtisod.uz


Javlon Juraevning mualliflik sayti

Shaxsiy rivojlanish uchun kitoblar turkumi

Shaxsiy rivojlanishga bag'ishlangan "7Qadam" turkumidagi ommabop kitoblar to'plami. Amaliy psixologiya, jamiyatshunoslik, antropologiya va falsafaning eng qiziq va foydalii tamoillari bir joyga jamlangan bu bayonlar sizga kuchli shaxs bo'lishga yordam beradi.

juraev.uz


DasturchiUz

Dasturlashni o'rganishga bag'ishlangan blog

Ushbu blogda turli xil dasturlash tillaridan foydali maqolalar e'lon qilib boriladi. Dasturlashni o'rganmoqchi bo'lsangiz - bu blog aynan siz uchun.

dasturchi.uz